Lo‘lilar bilan qarindoshlik
Assalomu alaykum! Ustozlar nima uchun lo‘lilar bilan birga bo‘lish harom hisoblanadi. Ularni ham Allox yaratganku. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Lo‘lilar bilan birga bo‘lish harom – degan gapning o‘zi yo‘q. Ular o‘zlarini musulmonman deb tursa, Alloh taoloning quyidagi oyati ostiga kiradilar. إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ إِخْوَةٌ فَأَصْلِحُوا بَيْنَ أَخَوَيْكُمْ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ Albatta, mo‘minlar birodardirlar, bas, ikki birodaringizning o‘rtasini isloh qiling va Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahm qilinsangiz. Oyati karimada «birodar» deb tarjima qilingan so‘zimiz arab tilida birlikda «axun» kalimasi bilan ifoda qilinib, ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi – aka yoki uka, ya’ni tug‘ishgan birodar ma’nosida. Ikkinchisi – do‘st, og‘ayni, ya’ni tutingan birodar ma’nosida ham ishlatiladi. Ammo xuddi shu so‘zning o‘zi ko‘plik siyg‘asida kelganda, ma’nosiga qarab, ikki xil shaklda keladi: Birinchisi – «ixvatun» bo‘lib, «tug‘ishgan birodarlar» degan ma’noni anglatadi. Ikkinchisi «ixvonun» bo‘lib, «do‘stlashgan birodarlar» degan ma’noni anglatadi. Qur’oni Karimning mo‘’jizaligini qarangki, mo‘minlarning birodarligi haqida so‘z ketganda, tug‘ishgan birodarlar ma’nosidagi «ixvatun» so‘zi ishlatilgan va bu bilan mo‘minlar xuddi tug‘ishgan aka-ukalardek ekanligi ta’kidlangan. «Albatta, mo‘minlar birodardirlar…» Darhaqiqat, bu birodarlik din qardoshligi bo‘lib, dunyodagi barcha insoniy aloqalardan ustun turadi. Bu birodarlik Alloh uchun, dinu diyonat uchun, Islom-iymon uchundir va u o‘zaro muhabbat, tinchlik-omonlik va hamkorlik asosiga qurilgan bo‘ladi. Bu birodarlikka futur etsa, zudlik bilan isloh qilishga o‘tmoq kerak. Shuning uchun ham oyatda Alloh: «…bas, ikki birodaringizning o‘rtasini isloh qiling», – deb ta’kidlamoqda. Albatta, urushganlarning o‘rtasini sulh qilish oson emas, bunda turli holatlar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun ham isloh qilmoqchi bo‘lgan taraf o‘ziga Allohning taqvosini qurol qilib olishi zarur. Faqat shundagina adolat bilan ish tutishga muyassar bo‘ladi. Oyatning oxiridagi amr shuning uchun keltirilgan: «…va Allohga taqvo qiling, shoyadki, rahm qilinsangiz». (“Tafsiri Hilol” kitobidan “Hujurot” surasi 10-oyat). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar