Bo‘g‘imlar sadaqasi haqida

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam (mazmunan shunday) “kishi har kuni 360 bo‘g‘imlariga sadaqa qilishi kerak” degan ekanlar. Shunda sahobalar “biz hammamiz ham bu ishni qila olmaymiz-ku” deyishgan ekanlar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Ertalab uch marta kech tushganda uch marta «Allohuma ma asbaha min nematin avzi…» (Tahminan shunday edi. Men eshitganim uchun va tez aytilgani uchun yaxshi anglay olmadim)ni aytsanglar bir kunlik bo‘g‘imlar sadaqasini qilgan bo‘lasizlar” degan ekanlar. Shuni agar topa olsanglar o‘zbekcha talafuzda to‘lig‘i kerak edi. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ، قَالَ : " مَنْ قَالَ حِينَ يُصْبِحُ : اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ فَمِنْكَ وَحْدَكَ لا شَرِيكَ لَكَ ، لَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ ، فَقَدْ أَدَّى شُكْرَ ذَلِكَ الْيَوْمِ صحيح ابن حبان" Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kim tong ottirgan vaqtida “Allohumma maa asbaha bii min ne’matin av biahadin min xolqika faminka vahdaka laa shariika lak, lakalhamdu valakashshukru” desa, batahqiq o‘sha kunning shukrini ado qilibdi” dedilar". Ibni Hibbon rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 160 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar