Ketsang javob desa taloq bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Oilada er xotin tez-tez janjal bo‘lib turadi. Janjal kattalashgan paytlari men ketaman, yashamayman desam erim, ketsang javob (qayoqayam borasan degan manoda) deydilar. Va ko‘p marotaba aytganlar. Savolim shuki, shunchaki "javob" deyish taloqqa o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq niyatida aytgan bo‘lsa taloq tushadi. Har aytganida taloq tushish xavfi bor. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:30 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar