O‘lganlar uchun duo

Assalomu alaykum! Mening bobom va buvim musulmon, lekin benamoz bo‘lib olamdan o‘tgan. Ular uchun Allohdan mag‘firat etishini so‘rab, duoda bo‘lsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zlarini musulmon deb aytgan bo‘lsa, istig‘for va duo qilish joiz. Avvallari o‘zbek desa faqat musulmon tushunilar edi. Hozirgi kunga kelib, o‘zbeklardan ham boshqa dinga o‘tgan yoki dinni arkonlaridan ba’zisini inkor qiladigan kishilar ham paydo bo‘lgan. Shuning uchun ularni kimligini bilish kerak bo‘lmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar