Yordamingizga muhtojman

Assalomu alaykum! Bundan 4-5 oycha oldin hammasi yaxshi edi. Namozlarni hushu bilan o‘qiyotgan edim. Bir namozni o‘qib bo‘lib keyingisini kutardim. Ayniqsa xufton namozini. Lekin hammasi o‘zgardi. Hammasi dastlab ko‘p namozlarga alohida tahorat olishdan boshlandi. Keyin bir kuni qo‘limni kesib oldim. Bitishi qiyin bo‘ldi. Namozga juda xalaqit berdi. Shundan keyin ketma ketiga hali u erimni hali bu erimni kesib yo shilib olaverdim. Namozlarga juda halaqit berdi. Buni ustiga ko‘p namozda vasvasalar kela boshladi. Jamoatga ketayotib taxorat ketmadimikin deb ortga qaytib ketgan kunlarim ham bo‘ldi. Bora bora jumadan tashqari jamoatlarga chiqa olmay qoldim. Jumaga ham zo‘rg‘a chiqayapman. Judaham tushkun kayfiyatga tushib qoldim. Namozga tahorat qilsam ketib qolganga o‘xshayveradi. Ko‘p tahorat qilsam ayam bilan dadamni jahllari chiqaveradi. Namozga kelsam boshlamasimdan oldin vasvasa boshlanadi. Taxorat yo‘q deydi. Peshin vaqti yaqinlashishi bilan g‘ulg‘ula bosadi. Qanday o‘qib olarkimman deyman. Tahoratni mukammal qila olmayapman. Hattoki bazida qonab ketmasin deb yuzimni ham qattiqroq ishqay olmayman. Bir namozga tahorat qilsam ikkinchisiga etkazish juda qiyin. Ketmagan bo‘lsa ham ketgan bo‘lsachi degan hayollar kelaveradi. Kun ora labim ham yorilaveradi. Ko‘pincha qon chiqmaydi lekin sal achishib yiring chiqqanga o‘xshaydi.Lekin anig‘ini bilmayman. Tahorat qilaveraman qilaveraman. Ovqatga ham najosatni aralashtirib evormayapmanmikin deb o‘ylayaman. Hullas hotirjamlik yo‘q. Yoki u bo‘ladi yoki bu. Vaqt o‘tib ko‘p narsa qolib ketdi. Hamma kuchim namozga ketyapti. Ming afsuski shunda ham to‘liq emas. Eng yomoni qazo qilib qo‘yish oddiy hol bo‘lib qolgani uchun afsuslanish va qo‘rquv ham yo‘qolib boryapti. Oldin hayotda ko‘p orzularim bor edi. Hayotimni sunnatga muvofiq qilmoqchi, islomiy hayot kechirmoqchi edim. Hozir esa ularni qilishga ko‘zim etmayapti. Allohdan juda uzoqlashib ketgandayman. Allohdan engillikni va namozni xotirjam o‘qishni so‘rayman. Allohga shukur uyda tahoratga hamma sharoit bor. Lekin har doim ham uyda bo‘lavermaymanku. Shunday kunlar bo‘ldi ishga bormoqchi bo‘ldim lekin namozni qanday o‘qiyman deb borolmadim. O‘qishimni ham juda zo‘r qilolmayapman. Yaqinda o‘qishga ketishimga to‘g‘ri keladi. U erda namlzni qanday o‘qiyman deb siqilyapman. Otkan yili o‘sha erda sovuq o‘ykazib yubordim. U erda ha deb tahorat qilishga sharoit ham zo‘r emas va kasal ham bo‘lishim mumkin. Tahoratni ushlab turishga ko‘zim etmayapti. Bormay desam bu faqat o‘zim uchun emasda. O‘qishni deb biror hunar ham olmagaman. Buni yozishimdan maqsad yaqinda bu narsalar kuchayib namoz o‘qiyolmay qolishimdan juda qo‘rqayapman. Manimcha eng so‘ngi pog‘onalardan birida turibman. Oldingidek hayotimga qaytishni xohlayman. Lekin qanday qaytishni bilmayman. Allohdan so‘rayman. Kelajagimni o‘ylasan ostin ustun bo‘lib ketadigondek. Alloh yo‘lida yurganlarni o‘ylasam man ham shunday bo‘la olarmikimman yoki shu holatda qolib ketarmikimman deyman. Iltimos menga bu holatdan qanday chiqishni o‘rgating. Tahoratni qanday muhofaza qilishni o‘rgating. Namozni to‘liq o‘qishimga, o‘qiyolmay qolmasligimga yordam bering. Afsuski shuncha yozib ham holatimni to‘liq tushuntirib bera olmadim. Ichim to‘la dard uni aytgani esa odam yo‘q. Ruhan sinib borayapman. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib maslahat, kerak bo‘lsa pand nasihat qiling. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hech qanaqa vasvasaga bormang. Tahoratni qiling namozni davom ettiravering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar