Imtihondagi holat
Assalomu alaykum! Men tibbiyot kollejiga kirish uchun imtihonda uyali telefondan foydalanganman. Kimyo fanidan har bir savolga 2.1 baldan berilgan edi. Men Kimyo fanidan berilgan savolarning 7 tasini telefondan foydalanib echib, qolgan savollarni bilimim bilan echib chiqqanman va 64.8 bal bilan o‘qishga qabul qilinganman. O‘qishga kirish uchun eng past bal 30.3 bal bo‘lgan. Men telefon orqali 14.7 bal, bilimim orqali 50.1 bal to‘plaganman. Ba’zida o‘ylab qolaman, qalloblik qilganimni bilaman, lekin o‘z bilimim ham etarli ekan. Axir eng past baldan ancha ko‘p ya’ni 50.1 balni o‘z kuchim bilan to‘pladim. Telefon orqali to‘plagan 14.7 balim o‘qishga kirishimga sabab bo‘lmagan deb qolaman. Shu fikrlarim bilan ba’zida o‘zimga o‘zim “men halol yo‘l bilan o‘qishga kirganman” deb qolaman. Shu fikrlarim to‘g‘rimi yoki men qalloblik bilan o‘qishga kirganmanmi? Savolim nojoiz bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tavba qilib, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:05 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tavba qilib, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘ling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:05 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom