Istig‘for

Assalomu alaykum! Ustozlar, telegram tarmog‘ida shunday rivoyat o‘qidim. Shu to‘g‘rimi? Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni tongda bomdod namozidan oldin: «Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig‘for aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo‘q), deb uch marta aytsa, gunohi agar dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Shunday hadis bor. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:26 | Savol-javoblar | 198 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar