Yolg‘iz ayolning zakot berishi haqida

Assalomu alaykum! Mani boshimda otam va erim yo‘q, uydagilar uy joy o‘g‘ilga tegishlik bo‘ladi qizga uy joy meros bo‘lmaydi deb aytishdi. Man hozir o‘zim uchun uy joy qilay bitta farzandim bor deb chet davlatda yuribman. Shu uy uchun to‘plab turgan pulimdan zakot berishim kerakmi? Man o‘zimi yordamga muhtoj bo‘la turub manga yordam beradigan hech kimim yo‘q bo‘la turub zakot berishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo har bir nisob egasiga zakotni farz qilgan. Farz qilgan Zot barakani ham ziyodani ham beruvchi Zotdir. Bu ishga hatto farishtalarni ham vakil qilgan. Hadisda har kuni ikki farishtadan biri “berguvchini o‘rnini to‘ldirgin, boshqasi berishi kerak bo‘lgan narsani bermaganning moliga talofat bergin” deb duo qiladi – deyilgan. Siz ixlos bilan namoz o‘qigandagidek zakotni ajrating va qabul qilishini iltijo qilib so‘rang. Berganingizni o‘rnini ortig‘i bilan to‘ldirilishida hech qanday shak yo‘q. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 165 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar