Surishtiruv

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bu savolni kidirish xizmatidan topa olmadim. Qo‘shnim uylanish niyatida qizlarga sovchi qo‘yib yuribdi. Agar qiz taraf mendan qo‘shnim haqida surishtirib kelsayu men qo‘shnimni oilasi va o‘zini salbiy jihatlarini ya’ni haqiqatni  qiz tarafga aytib bersam g‘iybat qilgan bo‘lmaymanmi? Axir bu umr savdosi, yigitni katta kamchiligi bo‘lsayu uni berkitsam, ya’ni u yaxshi inson deb yolg‘on gapirsam bu xam yolg‘on gapirganga kiradimi? To‘ydan keyin siz maqtagan edingiz falon ish qilgan ekan desa men noqulay ahvolga tushaman. Aytinchi ustozlar men qanday yo‘l tutay? Umuman bunaqa holatda nima yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval gunoh qilib Allohga tavba qilgan bo‘lsa uni aytishingiz to‘g‘ri emas. Hozirdagi bor holatini aytishingiz kerak bo‘ladi. Siz guvoh hisoblanasiz va qiyomatda bergan guvohligingizdan javobgar bo‘lasiz. Oshirsangiz ham kamaytirsangiz ham. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar