Taxtadagi najosat

Assalomu alaykum! Yaqinda do‘stlarim bilan bir maruza eshitib qoldik, Unda aytilishicha" agar oshxonada ishlatiladigan taxta buyumlarga najosat tegsa u xech qachon toza bo‘lmaydi va unda tayyorlangan xar bir taom xarom bo‘ladi. Chunki taxta buyumlar najosatni tortib olish xususiyati bor" deyilibdi. Biz o‘ylanib qoldik, suv bilan yuvib undan foydalansak bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taxta buyum agar o‘ta yumshoq bo‘lib, najosatni o‘ziga shimib oladigan bo‘lsa, uni ustini qirib tashlab ishlatiladi. Odatda oshxona taxtalari o‘ta qattiq yog‘ochlardan qilinadi. Najosatni aniq singib ketgani malum bo‘lmasa, yuvish bilan pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar