Fahsh ishlar

Assalomu alaykum! Sizlardan fahsh ishlarning  eng kichigi va kattasi  va ularning zohiriy va botiniy ko‘rinishlari  haqida javob olsam xursand bo‘lardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “An’om” surasi 151-oyatida marhamat qiladi: «Fahsh – gunoh ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang». Urfda «fahsh, fahsh ish» deganda, ma’lum gunoh – zino tushuniladigan bo‘lib qolgan. Ammo, aslida har bir chegaradan chiqish – haddan oshish fahsh hisoblanadi. Shuning uchun ham har bir gunoh fahshdir. Mo‘min-musulmon nafaqat fahsh, buzuq ishlarni qilmasligi, balki ularning yaqiniga ham bormasligi kerak. Chunki yaqiniga borganda, uni qilish xavfi kuchayadi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar