Ushbu pulni ishlatish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Mening akam 2%ga naqd pulga aylantirish sharti bilan ma’lum miqdodagi pulni naqd qilgandilar va menga qaysidir ehtiyojim uchun o‘sha puldan yuz ming so‘m bergandilar. Men bu pulni boshqa xuddi shu miqdordagi boshqa pulga almashtirib, ehtiyojim uchun sarfladim. Savolim shuki, foizga maydalangan yuz mingni nima qilsam bo‘ladi, o‘zimning, oilamizning ehtiyojlari, qarzlari uchun yoki kambag‘allarga berish orqali ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Evazsiz qo‘shimcha kelgan pul halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar