Namoz uchun poklanish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar meni bir tanishim yaqinda namoz o‘qish boshladi, hali uylanmagan, ishlaydi. Ish paytida bizning jinsimizga mansub bo‘lmagan shaxs(a)lar bilan gaplashib suhbat qurishiga to‘g‘ri kelarkan. Shu hollarda ba’zan tahorati buzilganini sezarkan. Ya’ni oldidan bavl emas suv rangidagi suyuqlik chiqarkan. Bu holatidan namoz o‘qishga juda ikkilanib qolarkan. Shunday hollarda albatta g‘usl qilib namoz o‘qish kerakmi? G‘usl qilishga imkoni bo‘lmasachi, yoki qayta tahorat olib namoz o‘qisaham bo‘ladimi.Kiymini ham almashtirish kerekmi?Javobilar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz avvalo maniy bilan maziyni ajratib oling. «Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir. Erkak kishining maniysi quyuq va oq, ayol kishining maniysi suyuq va sarg‘ish bo‘ladi. «Maziy» – erkak kishining jinsiy a’zosidan jinsiy aloqani o‘ylagan yoki xotinini quchoqlagan paytda chiqadigan oq suyuqlik. «Vadiy» – bavl qilgandan keyin ba’zida ajraladigan quyuq oq suyuqlik. Maziy yoki vadiy chiqqanidan g‘usl qilish yo‘q. Maniy shahvat bilan otilib chiqsa, g‘usl vojib bo‘ladi. Bunda boshqa jinsdagi shaxsga nazar solish, jinsiy yaqinlikni tafakkur qilish, bevosita quchoqlashish va shunga o‘xshash barcha omillar tufayli maniyning shahvat bilan otilib chiqishi nazarda tutiladi. Ammo maniy shaxsning og‘ir narsa ko‘tarishi, baland joydan yiqilib tushishi kabi omillar tufayli shahvatsiz ravishda chiqsa, g‘usl vojib bo‘lmaydi. Hanafiy mazhabi ijtihodiga binoan, er va ayol kishidan, xoh uyquda bo‘lsin, xoh uyg‘oqlikda bo‘lsin, maniy shahvat bilan otilib chiqqandagina, g‘usl vojib bo‘ladi. Birov mastlik yoki hushidan ketishdan so‘ng o‘ziga kelganida ho‘llikni ko‘rib, maniy deb gumon qilsa, g‘usl vojib bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan). Agar ichki ishtonda oq narsa paydo bo‘lib qolayotgan bo‘lsayu, u chiqishda “«Maniy» – shahvat shiddatlashgan paytda otilib chiqadigan suyuqlikdir” holatida bo‘lmasa, maziy bo‘ladi. Bu holatda tezdan davolanishingiz kerak bo‘ladi. Bu holda g‘usl qilish vojib bo‘lmay, tahorat olib namoz o‘qiyverasiz. حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ دَاوُدَ، عَنِ الْأَعْمَشِ، عَنْ مُنْذِرٍ الثَّوْرِيِّ، عَنْ مُحَمَّدٍ ابْنِ الْحَنَفِيَّةِ، عَنْ عَلِيٍّ قَالَ: كُنْتُ رَجُلًا مَذَّاءً فَأَمَرْتُ الْمِقْدَادَ أَنْ يَسْأَلَ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَسَأَلَهُ فَقَالَ: «فِيهِ الْوُضُوءُ». طرفاه: 178، 269 - تحفة: 10264 132. Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ko‘p maziylik odam edim. Miqdodga Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan so‘rab berishni buyurdim va u so‘radi. Shunda u zot: «Unda tahorat (lozim)», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:11 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar