Ixtiyor
Assalomu Alaykum Muxtaram Ustoz!Raxmon zot bu ramazon oylarini biz mo‘min musulmonlar xakikiy takvo ila o‘tkazishimizni O‘zi ta’minlasin. Ustoz Men Sizdan Akiyda masalasida akli ojizimcha tushungan masalani to‘gri yoki noto‘gri ekanligini so‘ramokchi edim.(“Sunniy Akiydalar” kitobini o‘kiganimdan so‘ng)Adl zot insonga yaxshi va yomon amal kilishda ixtiyor berib, ularni shu amallariga yarasha mukofot yoki jazo beradi. Misoli: Inson balogatga etdi va u bu dunyoda juda ko‘p yo‘llarni ko‘rmokda. Kaysi bir yo‘lni ixtiyor kilishda unga avvalambor unga Roxiym zot tarafidan berilgan iymon, ota-onasi bergan ta’lim tarbiya yordamga keladi. U ana shu berilgan in’omlardan foydalanib, ana shu yo‘llardan o‘ziga niyat va xarakat kilib, xakikiy yo‘l Islom tarafga yo‘l oladi. Yoki aksincha Dunyoda shuncha yo‘llarni ko‘rib boshi gangib, nima kilarini bilmay turgan xolda, unga birinchi dushmani nafsi va shayton yo‘l ko‘rsatishni boshlaydi. Va albatta unga ota-onasidan berilgan ta’lim tarbiya xam unga katta rol o‘ynaydi. Shu bilan niyat va xarakat kilib, Islomdan boshka yo‘l Togutlar yo‘liga ketadi. Fakat bu yo‘ldan Roxmanning Fazli ila kutilib, xakikiy yo‘l tomon buriladi. Mana shu ixtiyor uchun Adl zot insonga mukofot yoki jazo beradi. Men shu masali fikri ojizimcha shunday tushundim, agar noto‘gri bo‘lsa shu masalani to‘gri tushuntirsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Sunniy Akiydalar” kitobida bayon etilganidek.
3 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Sunniy Akiydalar” kitobida bayon etilganidek.
3 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda