Talabaning ortiqcha puli

Assalomu alaykum! Men ingliz tilidan pullik markazda dars beraman. 4 yilcha oldin bir boshqa shaxarlik talaba o‘quvchim imkoniyati yo‘qligi sababli o‘quv pulini to‘lay olmasligini aytdi. Men unga o‘qishini davom ettirishni va pulini imkoniyati bo‘lganida berishini aytgandim. Oradan yillar o‘tib u o‘quvchim men bilan aloqaga chiqdi. Aytishicha olgan bilimlari natijasida o‘zi istagan joyga ishga kiribdi. Mendan minnatdor. Menga pulni bank kartamga o‘tkazishi aytdi. Men unga karta raqamimni jo‘natdim. U menga kelishilgan puldan 20000 so‘m ortiq pul yuboribdi. Men unga buni darxol aytdi. Siz adashib ortiqcha pul beribsiz dedim. U bo‘lsa, to‘g‘ri o‘tkazdim, siz bergan bilimingizga bu pul arzimaydi. Bergan bilimingizga rozi bo‘ling, kutganingiz uchun rahmat deb javob yozbdi. Meni bu ortiqcha pul xalolmikin degan savol qiynayabdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar