Qibladan og‘ish

Assalomu alaykum! Yo‘l bo‘ylab ketganda taxminan 30-40 gradusga burilgandan so‘ng masjid keladi.  Masjid oldidagi yo‘l qibla tomonga qarab yo‘nalgan. Masjidga hayit namozlarida yig‘ilgan omma sig‘maydi, shuning uchun hamma tashqkariga va yo‘lga joy namoz solishadi. Oldingi  safdagilar yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab to‘g‘ri joy solishadi, ammo burilishdagilar va undan orqadagilar ham yo‘l yo‘nalishi bo‘ylab joy solishganda, qibla boshqa tomonda bo‘lib qoladi. Xuddi shunga o‘xshash holat boshqa masjidlarda ham kuzatiladi. Ya’ni, masjid eshigidan xonaga kirgandan so‘ng uning 45 gradusgacha o‘ng yoki chapga burilishingizni sezasiz. Hamma ichkariga sig‘may tashqarida qolganlar eshik tomonga qarab o‘qishadi. Bular qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qibladan 45 darajagacha o‘ng yoki chapga moyil bo‘lib o‘qilgan namoz joiz. 45 darajadan ortib ketmasin. Alloh taolo “Baqara” surasi 144-oyatida marhamat qiladi :قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاء فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوِهَكُمْ شَطْرَهُ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ۝Goho yuzingning osmonga tez-tez qayrilganini ko‘rurmiz. Bas, albatta, seni o‘zing rozi bo‘lgan qiblaga bururmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qaerda bo‘lsangiz ham yuzingizni u tomon buring. Albatta, kitob berilganlar uning Robblaridan bo‘lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar