Veterinar kasbi

Assalomu alaykum! Men veterinar bo‘lib ishlayman, kasbimiz tufayli it va cho‘chqalarni davolashga to‘g‘ri keladi. Agarda men ularni davolab ish haqi olsam, bu halol hisoblanadimi? Javob uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hayvonlarni umumiy ma’noda davolash va unga yordam berish joiz amal hisoblanadi. Bu kabi ishlar maxluqotga yaxshilik qilishga kiradi. Shuningdek bu ishiga haq olishi ham joiz bo‘ladi. Lekin veterinar shar’an harom bo‘lgan to‘ng‘iz kabi hayvonlarni ko‘paytirishga hissa qo‘shishidan saqlanishi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:45 | Savol-javoblar | 182 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar