Inson yo‘lini bog‘lash

Assalomu alaykum! Ustozlar, manga “sani yo‘ling berk amal qilingan” deyishdi, keyin doim oldingda qora odam yuradi deyishdi shunaqa narsalar bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kazzob folbinlarning gapi. Hech qanaqa asosi yo‘q. Insonlarning pulini olish uchun shu kabi gaplarni o‘ylab topishadi va ularni shunga ishontirishadi. Har qanday muammoning echimi, tahoratni qilib, 2 rak’at hojat namozini o‘qib, namozdan keyin peshonani sajdaga qo‘yib Alloh taolodan so‘rashdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar