Zakot olishi mumkinmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli Ma’lumki Payg‘ambarimiz sallolloxu alayhi vasallamning avlodlari sayyid xo‘ja avlodlarga, zakot, fitr va fidya sadaqalaridan emaydilar deyilgan. Hozirgi kunga kelib bir qancha sayyid va xo‘ja Payg‘ambarimiz sallolloxu alayxi vasallamning avlodidan ham faqir muhtoj va kambag‘allari mavjud. Ushbu kishilarga ham fitr sadaqa berish mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur va minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Kimlarga zakot berish joiz va kimlarga joiz emas? Javob: Zakot beruvchi o‘zining ota-onasi, bobo-momosi va ulardan yuqoridagilarga, o‘zining avlodlariga va ulardan pastdagilarga, er-xotin bir-biriga, zakotga qurbi etadigan va «o‘lik» (tasarruf qilishning imkoni bo‘lmagan) nisob egalariga, hoshimiylarga zakot berish mumkin emas. Banu Hoshimga zakot berilmaydi. Ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttolibning ikki o‘g‘li –Horis bilan Abbosning avlodlaridir. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abu Tolibning avlodlari bo‘lgan Aliy, Ja’far, Aqiyllarning avlodlaridir. Abu Lahabning avlodlari zakot olmaslik hukmidan mustasno. Savol: Ayol hoshimiy bo‘lib, er hoshimiy bo‘lmasa, ulardan tug‘ilgan farzandlarga zakot bersa bo‘ladimi? Javob: Bo‘ladi, chunki Hoshim avlodidan boshqalarga zakot berish joizdir. Nasab er tomonidan bo‘ladi, ayol tomonidan emas.(“Mo‘minning najoti” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar