Sajdadagi kalima

Assalomu alaykum! Bir kishi “Sajdadagi kalimani birinchi bo‘lib Isrofil alayhissalom aytgan” deb aytib qoldi. Bu xaqiqatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Uch marta tasbeh aytadi. Bu eng ozi. وَلَمَّا نَزَلَ فَسَبِّحْ بِاسْمِ رَبِّكَ الْعَظِيمِ قَالَ رَسُولُ اللهِ اجْعَلُوها فِي رُكُوعِكُمْ  فَلَمَّا نَزَلَتْ سَبِّحِ اسْمَ رَبِّكَ الْأَعْلَى قَالَ  اجْعَلُوهَا فِي سُجُودِكُمْ  رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ «Fasabbih bismi Robbikal Aziym» nozil bo‘lganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Buni ruku’laringizda qiling», dedilar. «Sabbih isma Robbikal A’la» nozil bo‘lganda, u zot: «Buni sajdalaringizda qiling», dedilar». Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan. ("Kifoya" kitobidan). Tarixiy rivoyatlarning ko‘plari Isroiliyot(Bani Isroilning qissalari)dan olingan. Ular haqida esa imom Buxoriy : حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا عُثْمَانُ بْنُ عُمَرَ، أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ الْمُبَارَكِ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه قَالَ: كَانَ أَهْلُ الْكِتَابِ يَقْرَءُونَ التَّوْرَاةَ بِالْعِبْرَانِيَّةِ، وَيُفَسِّرُونَهَا بِالْعَرَبِيَّةِ لِأَهْلِ الْإِسْلَامِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم: «لَا تُصَدِّقُوا أَهْلَ الْكِتَابِ وَلَا تُكَذِّبُوهُمْ، وَقُولُوا: آمَنَّا بِاللّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا  الْآيَةَ. طرفاه: 7362، 7542 - تحفة: 15405 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ahli kitoblar Tavrotni ibroniycha o‘qishar, Islom ahliga esa uni arabchada tafsir qilib berishar edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahli kitoblarni tasdiqlamanglar ham, yolg‘onchiga ham chiqarmanglar, «Allohga iymon keltirdik va bizga nozil qingan narsaga ham»,* denglar», dedilar». Baqara surasi, 136-oyat.(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Sizning savolingiz ham shulardan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 13:20 | Savol-javoblar | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar