Taloqdan so‘ng bir uyda yashash hukmi

Assalomu alaykum! Avvalo bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda olib borayotgan harakatlaringiz uchun sizlarga tashakkur. Turmushim oson kechmagani uchun, turmush o‘rtog‘im bilan o‘rtamizda nizolar oqibatida taloqqa oid so‘zlar ko‘p ishlatilgani bois arosatda qolgan edim. Bunda sizlarning beminnat yordamingiz sababli buning hukmiga ham aniqlik kiritdim. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Hozirda farzandlarimning otasi bilan birga bir uyda yashayapmiz. Taqdir taqozosi bilan menga uch taloq tushgan. Er-xotinlik aloqalarimiz yo‘q. Xonalarimiz alohida, lekin bir uyda bo‘lganligimiz sababli ba’zida muloqot qilishimizga to‘g‘ri keladi. Farzandlarimning otasi ko‘p hollarda menga teginishga harakat qiladilar. E’tiroz bildirsam jahllari chiqib urishib ketyaptilar. Farzandimiz 3 ta bo‘lgani uchun, yuz ko‘z qilganim uchun shu uyda yashayapman. Ammo vaziyat borgan sari qiyinlashmoqda. Ba’zan uxlab yotgan joyimga ham kirib kelyaptilar. Ko‘zimni chirt yumib uydan chiqsammikin degan xayol menga tinchlik bermayapti. Chiqmay desam bu vaziyat borgan sari chigallashyapti. Iltimos maslahat bering, qanday yo‘l tutsam har ikki tomonga sal bo‘lsada engil bo‘ladi? Ikki o‘t orasidaman. Javobingizni intizorlik bilan kutaman. Alloh ajringizni bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz hukmni aytib berolamiz, qolganini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 130 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar