Qiemat qarz

Assalomu alaykum! Men tish texnigiman, yaqinda bir yigit menga shogirdlikka keldi. Men unga xunarimni o‘rgatdim, qo‘lidan ish kelgach, men unga oylik maosh tayin qildim. U 1 oy mudat ishlagach “menga ruxsat bering” dedi, men uni ketishidan ranjishimga qaramay unga ruxsat berdim. Faqat “1 oylik ishlagan maoshingni hozir bera olmayman, sababi bir oz xarajatim ko‘payib ketdi, keyingi oy kelsang beraman” dedim. U menga achchiq qilib ketdi. Hozirda o‘sha maoshini beray desam, “menga kerak emas, qiyomatga qoldirib ketganman” dedi. Men nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mashinasi, uyi yoki kiyimining cho‘ntagiga solib qo‘ying. Unga o‘tganidan keyin nima qilsa o‘zi biladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar