Nom berish, ya’ni "nik"
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan yaxshi amallaringizdan rozi bo‘lsin. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nom ya’ni «Nik» qo‘yish ommalashib ketgan. Shulardan ba’zilari «Azroiljon», «shaytoncha», «farishta» yana bir qator nomlar bilan o‘zlarini nomlab olishadi. Balki bu savolni o‘qib turganlar orasida yoki tanish-bilishlari orasida shunaqa nomlar bordir. Shularga shariatimiz qanday qaraydi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi : وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ وَحَمَلْنَاهُمْ فِي الْبَرِّ وَالْبَحْرِ وَرَزَقْنَاهُم مِّنَ الطَّيِّبَاتِ وَفَضَّلْنَاهُمْ عَلَى كَثِيرٍ مِّمَّنْ خَلَقْنَا تَفْضِيلاً 70. Batahqiq, Banu Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik. Alloh taolo borliqdagi turli-tuman mavjudotlarni bir-biridan afzal qilib yaratgan Zotdir. Ana o‘sha Zot ushbu oyati karimada odam bolasini borliqdagi hamma narsadan azizu mukarram qilib yaratganining xabarini bermoqda: «Batahqiq, Banu Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik». Avvalo, odamning shakli, barcha a’zolarining tuzilishi azizu mukarramlikdan dalolat berib turadi. Boshqa maxluqotlarda bu shakl, bu mutanosiblik va bu kabi a’zolar yo‘q. So‘ngra Alloh taolo odamni O‘z qo‘li bilan yaratib, mukarram qildi. O‘z ruhidan jon puflab, ulug‘ladi. Bunday sharafga hech bir maxluqot muyassar bo‘lgan emas. Shu boisdan ham inson azizu mukarramdir. Alloh taolo yana odam bolasini O‘zi bergan aql bilan mukarram qilib qo‘ydi. Inson aqli bilan boshqa hamma maxluqotlardan ustun turadi. U Alloh bergan aqli ila turli tadbirlar qiladi, narsalar ishlab chiqaradi, boshqa maxluqotlarni o‘z foydasiga ishlatadi. Bularning hammasi Alloh insonni azizu mukarram qilib qo‘yganining namunalaridir. Alloh taolo insonga vahiy tushiradi. Odamlar ichidan payg‘ambar tanlab oladi. Payg‘ambarlarga ilohiy kitoblar nozil etadi. Shariat hukmlarini yuboradi. Bularning barchasi Alloh insonni azizu mukarram qilganiga namunadir. Alloh taolo Odamni O‘zining er yuzidagi xalifasi qilishi ham shunga dalolatdir. Alloh taolo oxirgi indirgan Kitobi Qur’oni Karimda: «…Banu Odamni azizu mukarram qilib qo‘ydik», – deb e’lon qilishining o‘zi ham katta obro‘-e’tibordir. «...va ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko‘tardik...» Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson bolasi uchun turli ulovlarni yaratib, shunga binoan, qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ydi. Inson quruqlikda turli hayvonlar va naqliyot vositalarida yurib, og‘ir ishlarni engillik ila bajaradi. Odamlarni ko‘taradigan, unga ulov bo‘lib xizmat qiladigan markablar Alloh taoloning maxluqlari bo‘lib, ular Janobi Haq joriy etgan qonun-qoida asosida ulovlik vazifasini bajaradi. Bu ham Alloh odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. Shuningdek, Alloh taolo inson uchun suvda cho‘kmaydigan turli moddalarni yaratib, ularga ma’lum shakllarni berishni ilhom etib, dengizlarda suzib yuradigan ulovlarni o‘zi joriy qilgan qonun-qoidalar asosida harakatlanadigan etib qo‘ydi. Bu ham Allohning odam bolasini azizu mukarram qilganidandir. «...hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik...» Alloh taolo odam bolasiga barcha pok narsalarni rizq qilib bergan. Ularni sanab, sanog‘iga etib bo‘lmaydi. Odam bu pok rizqlardan to‘g‘ri foydalanib, ularni bergan Zotga shukr qilsa, juda yaxshi bo‘ladi. Ana shu sonsiz pokiza rizqlarning berilishi ham Alloh taolo Odam bolasini azizu mukarram qilib qo‘yganidandir. «...va uni O‘zimiz yaratgan ko‘p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo‘ydik». Ya’ni odam boshqa maxluqotlardan mutlaqo afzal sanaladi. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yo‘qdir. Barcha maxluqotlar Odam bolasi uchun beminnat xizmatkordir. Lekin bu afzallikning javobgarligi ham bor. Qiyomat kuni har bir berilgan afzallik va ne’matlardan so‘raladi. Hisob-kitob qilinadi. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Mo‘min kishi kofirlarga taqlid qilib, o‘zi e’tiqod qiladigan narsalarni masxara qilishi, beqadr qilishi va arzimas narsa deb bilishi joiz emas. Gohida bunday hazillar insonni dinidan ajrab qolishiga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar