Uylanish va kuyovlarga savollar
Assalomu alaykum! Hozirda sovchilik ishlari nozik masalaga aylangan. Odamlar kuyov haqida qiziqib boqa olarkanmi deyishadi. Hatto ishlab turgan odam haqida xam shunday so‘rovlar bo‘ladi. Yana agar uylansang qanday boqasan deyishadi. Ayrim insonlar esa hozir boqa olmayman shu sababdan 3-4 yildan keyin o‘zimni o‘nglab olib uylanam deyishadi. 3-4 yildan keyin yoshlari 30 ga borib qolishsayam shu gaplarni aytishadi. Men bu kabi gaplarni ya’ni qanday boqaman, nima bo‘ladi, kim boqadi, qanday boqasan deganlarni eshitaverib shu darajada xam rizq masalasida mukkasidan ketib mubolag‘aga boriladimi deb aytdim. Rizq masalasi bizni bo‘ynimizdagi narsa emas, bizdan faqat vositalarni ishlatsa bo‘ldi degandek qilib aytudim ya’ni odam o‘zini zimmasida bo‘lmagan narsaga shuncha bosh qotiradimi deb. Ustozlar shu kuyovlarga berilayotgan sovollarga tepada zikr etilgan gaplar haqiqatda hozir asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘lidan hech narsa kelmasa ham uylanaveraman deganlar va oyoqqa turib olsam uylanaman deganlarning ikkisi ham xato qilishadi. 1-si biroz harakat qilib nafaqani topishga hararkat qilsin, 2-si orzu havaslarini kamaytirsin. Ba’zilarga o‘xshab qo‘lidan hech narsa kelmay uy jixozi va o‘zi kiyadigan kiyimlarni ham ayolining zimmasiga yuklab qo‘yib uylanish ham joiz emas. Katta bir dunyoni orzu qilib ungacha zinoga mashg‘ul bo‘lib uylanishni kechiktirish ham joiz emas. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 04:36 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush