Nogironlar uchun madrasa
Assalomu alaykum! Sizga bir savolim bor edi. Men Qozog‘iston respublikasi Chimkent shahrida istiqomat qilaman. Men tug‘ma nogironman, biroq bemalol o‘tirib yura olaman. Men Islomiy dars olish, Quron Karimni arab tilida o‘qishni orzu qilaman. Inshaalloh qori bo‘lish niyatim bor, biroq bizlarda nogironlar o‘qish uchun o‘qish joylari islom diniga moslanmagan. Savolim shundan iboratki sizlarda nogironlar uchun Islomiy o‘qish joylar bormi? Men bu erdan u erga borib o‘qiy olamanmi? Sizlarda ruxsat beriladimi? Allox sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo himmatingizni yanada ziyoda qilsin. Shu holatingizda ham o‘zingizdagi biror madrasaga kirib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:32 | Savol-javoblar | 154 | Administrator