Meros taqsimlash
Assalomu alaykum! Meros masalasida murojat qilgandim, manzilga kelishga imkonim yo‘q. Onam oldin vafot etdilar otamni uylantirdik bir o‘g‘illi bo‘ldilar otam bu uy akamga derdi ayoliga, biz uy qilib chiqamiz derdi, ayoliyam roziydi. So‘ngra otam orqasidan akam to‘satdan vafot etdilar ayoli ukamni olib ketdi. Meros talab qilmadi meros xech kimga xadiya qilinmagan otamni nomida edi. Akamni ayoli bitta dom obersayiz roziman chiqaman dedi. Qoganlarga dadamni ayoli ukam va ikki singlimga merosgi qanday taqsimlay? Bir singlimga avtomabilni amakilarim bergan xaydanglar deb chunki otam va akamni jasadlarini Rassiya davlatidan singlim xarajat qib obkeltirdi. Marakalarini o‘tkazdi biz qanday taqsimlasak joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masalangizni biror mutaxassis ahli ilmga borib aytmasangiz bo‘lmas ekan. chunki ota uyni o‘g‘ilga topshirmagunicha otaning o‘z haqqi bo‘lib turadi. Ota vafot topishi bilan sizlardagi holat kabi, bor mulkni sakkiz qilinadi va biri otangizni nikohida turgan ayoliga, qolgani esa o‘g‘ilga ikki hissa qizlarga bir hissadan taqsimlanadi. Keyingi ayolni o‘g‘li ham akangiz haqdor bo‘lgan miqdorcha merosga haqdor hisoblanadi. Meros talab qilmasligi uni haqqini soqit qilib qo‘ymaydi. Hatto kechdim desa ham soqit bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 216 | Administrator