Nikohda uch marta so‘rash
Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im bilan nikoh o‘qitishdan avval menga yangalarim nikoh o‘qiyotganda sendan rozilik so‘raydilar 3 marta so‘rasa xam Ha demagin uyat bo‘ladi, sukut alomati rizo deyishgan edi. Nikoh o‘qilayotganda turmush o‘rtog‘im bilan aloxida-aloxida xonada guvoxlar bilan birga o‘qildi. Shunda domla mendan 1 marotaba so‘radilar, men javob bermadim, shunda “ovoz chiqarib javob berish shart sukut saqlamang” dedi. Shunda nima qilsam ekan deya ikkilanib turgan edim yonimdagi guvoxim "rozimisan" deb so‘ragan edi narigi tarafdagi domla u tovush mening ovozim deb nikoh o‘qishni davom ettirib ketdi. Lekin tilimda bo‘lmasada rozi edim. Shu-shu meni shu savol qiynaydi, nikohimiz haqiqiymi? Yoki qaytadan nikohdan o‘taylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U nikoh bog‘lanmagan. Eringiz bilan qaytadan nikohlanib olinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U nikoh bog‘lanmagan. Eringiz bilan qaytadan nikohlanib olinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush