Xomila xaqida

Assalomu alaykum! Bexisob shukr 4 farzandim bor 2 ugil 2 kiz . Kichik farzandim 3 yoshda. Xomilador bulishni kutmagandim.Yakinda yana xomiladorligimni bilib koldim .Allohimni bergan yana bir nemati uchun xursand buldim lekin yakinlarimning gaplarini uylab dilim xufton buldi.Eng katta ovsinim farzandlari 2 ta uzlari boshka farzandli bulishni xoxlashmagan bulganini xam oldirishgan.4-farzandimga xomiladorligimda aytgan gaplarini uylasam ruxiyatimga ta’sir kiladi.Kaynonam xam buldi endi uglim xam kerak sizlarni bokaman deb kiynaladi deydilar.Paliklinikamizdagi ayollar shifokori esa ruyxatga xam olgisi kelmagan.Kupni nima keragi bor ozginasini yaxshi bokib chiroyli kiyintirish kerak degan bir ikkita dugonalarim.Allohga shukr farzandlarimizni xech kimdan moddiy yordam suramay katta kilyabmiz.Xayotda men uchun muxumi bu kimmatbaxo kiyim kechak a’lo darajada eb ichish emas.Alloh bergan barcha narsaga shukr kilib yashash kerak deb uylayman.Farzandlarim xam kimmatbaxo kiyim kiymasada iymonli bulishini xoxlayman. Endi meni uylantirayotgan narsa shuki yana xomiladorligimini bilib yakinlarim bu safar nima deyisharkin deb uylayabman. Turmish urtogimga xam aytolmayabman.Xomiladan voz kechib gunoxga kul urishni xoxlamayman.Namozlarimda Allohdan uzing to‘g‘ri yul kursat deyman.Turmush urtogimga aytsamu ular yuk tugmaysan desalar kanday yul tutay. Bu xolatimni yakin dugonamga aytgandim u xomilani kichik 3-4 xaftaligida oldirsa buladi yuragi urmay dedi shu shariyatimizda mumkinmi.Meni xomilam 5 xaftalik yuragi ura boshlagan yuragi urayotgan murgak vujudni kanday uldirishim mumkin.Xomiladorligimni eshitib yakinlarim,xujayinim nima deyisharkin .Bir tarafda yakinlarimni gap suzlari bir tarafda esa Allohim bergan mujizani yukotish. Juda tushkun xolatdaman bu xolatda kanday duolar bor ukiydigan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Homilani shar’iy uzrlarsiz oldirish mutlaqo mumkin emas. Ba’zi insonlar umr bo‘yi orzu qilayotgan ne’matni Alloh sizlarga bergan ekan, shukrini ado qilish o‘rniga uni oldirish haqida qanday o‘ylaysiz?! Vallohu a’lam!

9 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar