Qarzni boshqa qarzdorga yuklash
Assalomu alaykum! A shaxsni B shaxsdan qarzi bo‘lsa, B shaxsni esa S shaxsdan qarzi bo‘lsa, tomonlarning roziligi bilan, B shaxs o‘zining S oldidagi qarzini A shaxsga yuklasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan holatni shariatda “havola” deyiladi.HAVOLA KITOBI هِيَ إِثْبَاتُ دَيْنٍ عَلَى آخَرَ، مَعَ عَدَمِ الدَّيْنِ عَلَى الْمُحِيلِ بَعْدَهُ، فَهِيَ بِشَرْطِ عَدَمِ بَرَاءَتِهِ كَفَالَةٌ، وَهَذِهِ بِشَرْطِ بَرَاءَةِ الْأَصِيلِ حَوَالَةٌ Havola – qarzni boshqaga yuklash va undan so‘ng yuklovchining zimmasida qarz qolmasligidir. Havola yuklovchining qutulmasligi sharti ila kafolatdir. Kafolat asl qarzdorning qutulishi sharti ila havoladir.
«Havola» deb narsani bir joydan boshqa joyga naql qilishga aytiladi.
Shar’iy istilohda esa:
Havola – qarzni boshqaga yuklash va undan so‘ng yuklovchining zimmasida qarz qolmasligidir.
Bir kishi boshqasidan qarz. Qarzdor: «Mening qarzimni falonchi to‘laydi», deb boshqaga o‘tkazadi. Mazkur shaxs qarzni to‘lashni bo‘yniga oladi. Shundan so‘ng asl qarzdorning zimmasida hech narsa qolmaydi.
Havolaning shariatga kiritilishiga Sunnat va ijmo’dan dalillar bor. Sunnatdagi dalilga misol:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه، عَنِ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم قَالَ: مَطْلُ الْغَنِيِّ ظُلْمٌ، فَإِذَا أُتْبِعَ أَحَدُكُمْ عَلَى مَلِيٍّ، فَلْيَتْبَعْ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Imkoni bor odamning qarzni bermay, cho‘zishi zulmdir. Birortangizning qarzi o‘ziga to‘q odamga havola qilinsa, (haqdor) o‘shanga borsin», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Bu hadisi sharifda qarzi bor odam «Mendagi qarzingni falonchidan ol, unda mening haqim bor», desa, o‘sha orqasidan ergashiladigan odam boy bo‘lsa, bu o‘tkazishni qabul qilish kerakligi ta’kidlanmoqda.
Hadisdagi «orqasidan ergashtirilsa» deyilgani shu ma’noga ishoradir. Chunki haqi bor odam uning ortidan «Haqimni ber», deb ergashib yuradi.
Jumhuri ulamolar: «Bu hadisdagi amr mustahab uchundir, havolani qabul qilish vojib emas», deganlar.
Musulmonlarning ahli ilmlari doimo havolaning joizligiga ijmo’ qilib kelganlar.
Havola yuklovchining qutulmasligi sharti ila kafolatdir.
O‘z qarzini boshqaga o‘tkazib yuboruvchi shaxs butunlay qarzdan qutulib ketmaslik sharti bilan shartnoma tuzsa, havola kafolatga aylanib qoladi. Bunda ham qarzni yuklovchi, ham qarzni to‘lash mas’uliyati o‘tkazilgan shaxs javobgar bo‘ladilar.
Kafolat asl qarzdorning qutulishi sharti ila havoladir.
Birov: «Falonchining qarzini to‘lashga men kafilman, u bu ishdan chiqdi, hech javobgarligi yo‘q», desa, kafolat havolaga aylanib qoladi.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:39 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat