Otam ichkilikka ruju qo‘ygani uchun uylanolmayamman
Assalomu alaykum! Yoshim 28 da. Esimni tanibmanki otam ichkilikka ruju qo‘ygan. Faqat ramazon oyida ichmidila lekin yilning boshqa har kunida hattoki juma kunlaridayam ichkilik ichadilar. Onam har safar ichkilikni tashlang deganlarida otamni jaxillari chiqadi va urushishadi. Borgan sari bir birligidanam sovib ketishmoqda shu ichkilik tufayli. Nima desak ham ichkilikni tashlay olmayaptilar. Savolim shuki, otamni ichkilikdan qaytarishimiz uchun nima qilishim kerak? Xattoki bu axvollari tufayli uylanishimni ham chozib yurimman. Agar ichkilikni tashlasalar uylanaman dedim. Chunki broni qizi kelib umrida ko‘rmagan xolatlarni, urush janjal va so‘kinishlarni ko‘rishini, qolaversa Alloh farzand bersa ular ham bu holatlarni ko‘rib katta bo‘lishini istamayman. Yoki alohida kvartiraga bo‘lsa xam uylanishim kerakmikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mast qiluvchi ichimliklar iste’mol qilish haromdir. Siz toqatingiz etganicha otangizni ichmasliklari uchun zaruriy choralar ko‘ring. Bu ish shariatimizda ta’qiqlanganini eslatib turing. Ichkilikka mukkasidan ketganlarni davolovchi shifokorlarga murojaat qilib, muolajalar oldiring. Oila qurmoqchi bo‘lsangiz alohida uy olib chiqqaningiz afzal. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 13:51 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush