Zakot ko‘pchilik
Assalomu alaykum! Biz oilada 4 tamiz. Otam 2ta Akam va Men. 4 talamizning xam tirikchiligimiz bir. Qurulish kilamiz. Xamma mulk yoki mablag‘ xozircha umumiy bo‘lib turibdi. Xar kim o‘ziga keragligini aytadi otam yoki akam bo‘lib berib turadi. Qurulishdan tushayotgan foyda mulk bo‘lib taqsimlanmay umumiy bo‘lib turibdi. Zakotimiz 3-4 yildan beri berilmay ko‘payib qolgan. Molni bo‘lib xisoblaganimizdan keyin xam misol uchun. Otamda 10mln. Akamda 100mln. 2-akamda 10mln. Menda 30mln bo‘lsa, jami 150mln bo‘lsa hozirda qo‘limizda mablag‘ yo‘q, ammo qurib bitkazgan 2-xonodonli kvartiramiz bor. Shu xonodonni bir muxtoj oilaga 4 talamizning nomimizdan zakotlarimiz deb berishimiz to‘g‘rimi? Kvartiraning tan narxini xisoblab beramizmi yoki sotilib turgan tan narxidan xosblab beramizmi? Uni xozirda (kvartirani sotilayotgan narxi 200mln) (kvartirani tan narxi 130mln).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir necha yillik zakotingizni hisoblab, bitta uy keladigan bo‘lsa o‘sha uyni olib, qaysidir zakotga haqli insonga hammangiz zakot deb niyat qilib berishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 22:11 | Savol-javoblar | 140 | Zakot