Ishchilar bilan o‘zaro kelishuv

Assalomu alaykum! Avvalo sizga kattakon Rahmat javoblaringiz uchun! Men qurilishda ishchilar bilan kelishilgan xolda ish olib boraman. Qurilish firmalari bilan og‘zaki shartnoma tuo‘aman. Ishchilar bilan xam shunday. Ishchilarimdan so‘rayman qilayotgan ishlariga qancha xaq tulashimni va so‘ragan pullarini rozi qilib beraman, lekin ba’zida ular 1000 so‘m so‘rashsa menga ish beruvchi firmalari 5000 berishadi. Shunda qo‘shimcha premiya xam beraman, lekin men ulardan ancha ko‘proq pul olaman. Lekin firmalar o‘z vaqtida pul to‘lay olmasa o‘zim xaqlarini beraman va firmalardan o‘z foydamni ancha kech olaman. Bu to‘g‘rimi? Shunda men ularning xaqqini egan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ish olib ijaraga odam ishlatish joiz. Ishingiz durust bo‘lsada, siz haq olishda bunchalik qilmang. Asosiy ish qiluvchilarga insof qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar