Rossiyada ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Bir tanishim vaziyat taqazosi bilan Rossiyada ishlaydi. Kecha uni ro‘za tutayotganini eshitib qoldim. Ramazon taqvimi bo‘lmagani sabab, kunga qarab ro‘za tutayotgan ekan. Sizdan shu do‘stim uchun maslahat so‘ramoqchi edim. Moskvada ro‘zani qanday ado etishni maslahat berasangiz. Fajr
*00:32
Quyosh03:39
Peshin12:44
Asr17:15
Shom21:20
Xufton
*23:19 shu taqvim bo‘yicha ro‘za tutayotgan ekan. Bu to‘g‘ri ishmi? Iltimos yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha joyning taqvimida "Fajr 00-32" deb belgilangan bo‘lsa, saharlikni undan kechiktirmaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:49 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar