Qon oqib turgan xolatda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Bir sahoba kamondan yaralanganda, qiynalmasligi uchun, unga xushsizlantiruvchi giyox tavsiya qilishib, o‘sha o‘qni sug‘urmoqchi bo‘lishadi, lekin u sahoba rozi bo‘lmaydi va aytadiki men namoz o‘qisam xech nima sezmayman, xozir namoz o‘qiyman, sizlar shu payt o‘qni tanamdan olinglar deydi va ular shunday qilishadi. Saxoba namozni xech nima sezmagan holda tugatadi va namozni tugatiboq, og‘riqni xis qilib, xushidan ketadi degan ma’nosidagi rivoyat bor. Ikkinchi rivoyatda esa, Umar roziyallohu anhu namoz o‘qiyotganda bir ma’jusiy orqalaridan o‘tkir tig‘li qurol bilan amiral mo‘’mininni yaralaydi. Bir oz vaqtdan so‘ng Xalifa xushlariga kelib, badanlaridan qon oqayotgan xolatda o‘sha namozni ado etadi va aytadiki: namozi yo‘q musulmonni, islomda ulushi yo‘q degan ma’nodagi rivoyat. Ushbu rivoyatlar sahihmi? Agar sahih bo‘lsa, bilamizki qon chiqsa tahorat sinadi, deyilingan. Barcha xolatlarda tahorat sinadimi yoki ba’zan, yuqoridagiga o‘xshagan xolatlarda istisno qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon chiqsa tahorat sinadi. Chunki hamma mazhab qavlida chiqqan qon najosatdir. U kiyimga tegishi bilan kiyimni pok bo‘lish sharti yo‘qoladi va namoz buziladi. Tahorat boshlashdan avval qon chiqib turuvchilar bundan mustasno. Ular jarohatiga biror narsani qo‘yib bog‘lab, tahorat olib namozni o‘qishaveradi. Ular sohibi uzr hisoblanaishdi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 155 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar