Savolim administratorga

Assalomu alaykum! Administrator! Savolim, saytga kirganimizda savollarning tagida "falonchi so‘radi, 5 soat oldin" degan yozuvga ko‘zim tushdi. Bu narsa savol qachon berilganini ko‘rsatadimi yoki qachon javob berilganliginimi? Va yana bir iltimosim "savol berish" sahifasida matematik so‘rovda xatoliklar mavjud ekan menimcha, ya’ni "+=" degan narsaga   ko‘p bor duch kelyapmiz, ya’ni xech qanday qiymat yo‘q, faqat qo‘shuv va barobar turadi, agar shuni tuzatishni iloji bo‘lsa iltimos tuzating! Yoki boshqacharoq so‘rovni qo‘ying iltimos! Shu ikkita savolimga javob bering! Alloh rozi bo‘lsin sizdan! Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1) Savollarda qachon javob berilgan vaqti ko‘rsatiladi. 2) Bir necha bor tekshirib ko‘rdim. Siz aytgan holatga duch kelmadim. Agar yana duch kelsangiz, qanday brauzerdan kirganingizni bildirib yuboring.

26 May 2022, 13:49 | Savol-javoblar | 151 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar