Qaysi salavotni aytish afzal?

Assalomu alaykum! Juma kuni qaysi salovotni aytgan afzal?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eng afzali  “Solati Ibrohimiy”, ya’ni :
عَنْ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رضي الله عنه قَالَ كَانَ النَّبِيُّ  صلي الله عليه و سلم يَقُولُ فِي الصَّلَاةِ اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَآلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَالشَّافِعِيُّ وَاللَّفْظُ لَهُ
Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda:
«Allohumma solli ’alaa Muhammadin va alaa aali Muhammadin, kamaa sollayta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohima. Va baarik ’alaa Muhammadin va aali Muhammadin, kamaa baarokta ’alaa Ibrohiyma va aali Ibrohiyma. Innaka hamiidun majiid», der edilar».
Beshovlari va Shofe’iy rivoyat qilishgan. Lafz o‘sha kishiniki.("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 147 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar