Ramazondagi mag‘firat

Assalomu alaykum! Ustozlar, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning “Ramozini sharifni kim iymonu e’tiqodda, savob umidida ro‘zalarini tutib, ibodatlar qilsa, Ramazon oyidan xuddi go‘dakdek, gunohlardan poklangan holda chiqadi” degan ma’noda bir necha hadislari bor. Xatolarim bo‘lsa, isloh qilib qo‘yinglar? Mana shu erda barcha gunohlardan pokiza bo‘ladimi? Ya’ni, gunohi kabiyra ham, gunohi sag‘iyra ham. Xullas barcha gunohlardan, zarracha gunohlar qolmasligi haqida so‘z ketganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Barcha gunohlariga astoydil tavba qilsa, bandalar orasidagi haqqlarini ham o‘z egalariga ado qilsa, Xudoning fazli karamiga loyiq bo‘lgan narsa, o‘sha bandaning gunohi kabiralarini ham, sag‘iralarini ham kechirib yuborishdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:00 | Savol-javoblar | 140 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar