Namoz buzilishi haqida

Assalomu alaykum! Agar imomga ergashib namoz o‘qilayotgan paytda malum sabablarga ko‘ra imomning namozi buzilsa, imomga ergashib namoz o‘qiyotganlarning ham namozi buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, buziladi. Jamoat namozlarida imomning namozi nima bo‘lsa jamoatniki ham o‘sha bo‘ladi. Illo tahorati ketib qolsa, orqadagi odamni tortib imomga o‘tkazib o‘zi chiqib ketishi mumkin. Shunda jamoatniki buzilmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 171 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar