Aka va uka arazi
Assalomu alaykum! Dinimiz uchun o‘z mehnatlarini ayamasdan xizmat qilib kelayotgan hurmatli ustozlar. Biz uyimizda amakim bilan istiqomat qilamiz. Yashab turgan uyimiz buvamning vasiyatlariga ko‘ra otamning nomlariga rasmiylashtirilgan. Bir kuni amakimning o‘g‘illari amakimning buyruqlari bilan noqonuniy ravishda uyni o‘z nomiga o‘tkazishga harakat qilganidan xabar topdik. Tekshirib ko‘rganimizda haqiqatdan ham shunaqa holat bo‘lgan ekan. Ushbu xodisa otam bilan amakim o‘rtasida mojaro yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada amakim bilan otam arazlashib qolishdi va birlari bor dasturxonga ikkinchilari o‘tirishmayapti. Amakim otamga kurakda turmaydigan gaplar bilan haqoratlab, agar uyni amakimni nomlariga o‘tkazmasa otamning yuzlariga qaramasliklarini aytdilar. Iltimos maslahat beringlar. Bunday ahvolga shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buning oson yo‘li bo‘lib, u ham bo‘lsa merosni shariatga muovofiq taqsim qilishdir. Bu vangizni otangizga qilgan vasiyati shar’an joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Merosxo‘r uchun qilingan vasiyat o‘tmaydi” deganlar. Buvangiz vafot topgan vaqtda merosga haqli bo‘lib kimlar qolganlarni aytsangiz shar’iy hukmini aytib berishimiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:07 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush