Qabrning holati qanday bo‘lishi kerak?

Qidiruv xizmatidan topa olmadim yoki to‘g‘ri qidirishni bilmadimmi. Dadam olamdan o‘tgan. Qabri hozir oddiy xolatda turibdi. Dadam rahmatlini onasini qabri ham bor. Olamdan o‘tganlariga 15 yildan oshdi. Dadamni onasini qabrini topishda ozgina qiyinchilik bo‘ldi. Sabab belgi yoki boshqa bezak ishlari yo‘q edi. Savolim shundan iboratki qabrlarga belgi, qabr toshlari qo‘yish mumkinmi. Qabrni xolati qanday bo‘lish kerak
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qabriston ma’muriyati tomonidan beriladigan raqamli belgi etarli. Qabrni bilish ziyorat bilan bo‘ladi. Yillab ziyorat qilmay yurib keyin topish uchun belgi qo‘yish musulmonlarga to‘g‘ri kelmaydi.

26 May 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar