Turli holatlar
Assalomu alaykum! Hurmatli sayt xodimlari, savolarimizga javob berib bilmaganlarimizi o‘rgatayotganinglar uchun rahmat. Alloh rozi bo‘sin, ilmingiz ziyoda bo‘sin. Savolim shundayki, “namoz payti shimni tagini qayirib, shimarib o‘qib bo‘lmaydi, tahoratga 1 litrdan ortiq suv ishlatib bo‘lmaydi, chilim, kalyan haromligini, tahoratdan so‘ng sigaret chekish va so‘kish mumkunmasligini, ovqat egandan so‘ng idishni non bilan tozalab yoki choy bilan ichish, yog‘ini qoldirib bo‘lmaydi, erga yuztuban yotib bo‘lmaydi” deb aytilgan bo‘lsada, bilib turib shu ishlarni teskarisini qiladiganlar bor. Bular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sunnatlariga amal qilmaslik hisoblanadimi? Ularga mumkun emasligini qanday tushuntirish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Nahl” surasi 125-oyatida marhamat qiladi: ادْعُ إِلِى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ وَجَادِلْهُم بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ Robbingning yo‘liga hikmat va yaxshi mav’iza ila da’vat qil. Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir. Ushbu oyatda Alloh taolo Islom da’vati, asoslari va uslublarini Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishi orqali yaxshilikka chorlovchi ummatlariga bayon qilib bermoqda. Avvalo, «Robbingning yo‘liga...» Ya’ni da’vat Allohning yo‘liga bo‘lmog‘i kerak ekan. Ba’zi shaxslarga, guruhlarga, toifalarga emas, faqat xolis Allohning yo‘liga bo‘lishi kerak. Ikkinchidan: «...hikmat...» Demak, da’vat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda da’vat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasi va boshqa omillarni e’tiborga olib, og‘ir kelmaydigan yo‘sinda da’vat qilish lozim. Uchinchidan: «...va yaxshi mav’iza ila da’vat qil». Shuningdek, da’vat yaxshi mav’iza orqali yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak. Kishilarni qiziqtirish, rag‘batlantirish uchun chiroyli so‘z va gaplarni topib gapirish zarur bo‘ladi. Ularni nafratlantirmaslik lozim. To‘rtinchidan: «Va ular ila go‘zal uslubda mujodala et». Har bir da’vatchi kishilar bilan go‘zal uslubda munozara qilishi kerak. Allohning yo‘liga da’vat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara bo‘lishi turgan gap. Islom da’vatchisi munozarani g‘oyatda go‘zal uslubda olib borishga tayyor bo‘lishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal qilmasdan, raqibining ko‘ngliga yo‘l topib, unga qanoat hosil qildirib, o‘zi sezmagan holda Islomga moyil bo‘lib qoladigan darajada ustalik bilan munozara olib borishi lozim. Beshinchidan: «Albatta, Robbing O‘z yo‘lidan adashganlarni o‘ta biluvchi va hidoyat topuvchilarni ham o‘ta biluvchidir». Ya’ni yaxshilikka chorlovchi o‘z vazifasi da’vat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bog‘liqligini hech qachon unutmasligi kerak. Islomga da’vatning asosiy qoidalari shulardan iborat. Gohida hikmat va yaxshi mav’iza ila Allohning yo‘liga chaqirayotgan yaxshilikka chorlovchilarga qarshi dushmanlik, tajovuzkorlik sodir bo‘lishi ham mumkin. Bunday paytda u o‘zini qanday tutishi lozimligi quyidagi oyatda bayon qilinadi.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar