Takroriy savol ramziy qabr
Assalomu alaykum! Bergan javobingizga kattadan katta rahmat. Oldingi savolimda «Biz tomondan qurilgan» deb yuboribman, «Biz tomonda qurilgan» demoqchi edim. Endi ushbu qabr haqida ochiq-oydin aytmoqchiman. U er aslida ziyoratgoh bo‘lib, men ham 1-2 marta bilmasdan borganman. U erdagi qabrga men Qur’on tilovat qilganman, ammo hech narsa tilamaganman. Qabrda o‘sha ulamo bor deb o‘ylaganman. O‘sha erdagi domladan «Qabrda kim yotibdi?» deb so‘raganimda, domla «Bir paytlari bu joyda sahoba Sa’d Ibn Vaqqos yashagan. Bu erga u dafn qilinmagan. Bu ramziy qabr» deb javob berdi. Ko‘pchilik odamlar u erga borib har xil narsalarni qilishadi. Bir ikkita tanishimni bundan qaytardim. Endi meni qiynayotgan savol men bilmasdan tilovat qilganim. Men gunohkor bo‘lib qolmadimmikan? Boshqa tanishlarimni u erga bormasligi uchun ularni qaytarsam bo‘ladimi? Iltimos javobingizni kutaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Sizlardan juda minnatdorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz shariatga zid hech qanday ish qilmagansiz. Albatta bunday joylardan qaytarish kerak. U erda o‘tirib, “tirikchilik” qilayotganlarni “domla, qori” deyilmaydi. Buni aytishimizga sabab omma xalq folbin, ilgir, jinlar bilan ishlaydigan va hatto issiq-sovuq qiluvchilarni ham dindor deb o‘ylamasliklari uchundir. Ularning barchalarining ishlari mutloq Islomga ziddir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar