Qarz berish

Assalomu alaykum! Men o‘tgan 2016-yili avgustda yaqin qarindoshimga dollarda qarz bergan edim. U vaqtda kurs 6400-6500 atrofida edi. Hozirgi kunga kelib hammaga ma’lum 8000ga chiqib ketgan. Agar qarindoshimdan nima pulda bergan bo‘lsam o‘shanda olsam bu ribo hisoblanmaydimi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ribo hisoblanmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 14:30 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar