Qasam kaffarot
Assalomu alaykum! 155347-savoldagi javobni o‘qib menda ham savol paydo bo‘lib qoldi. Men ham bir muddatni belgilab o‘sha vaqtgacha bir gunohni qilmayman deb qasam ichgan edim. Masuliyatsizlik qilib u gunohni 5 marotabacha takrorlab qo‘yganman. Meni holatimda ham 50ta miskinni to‘ydirish kaffaroti bormi yoki 10tanimi? 2. Hozircha tahminan 8tachasini o‘tadim. Qolganini kiyim olib berish bilan ham o‘tasam bo‘ladimi? 3. Bu kaffarotlardan ham savob umid qilish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Endi kafforatni to‘layogan bo‘lsangiz 10 miskin etadi. Bir narsaga qasam ichib uni ko‘p bor qilgan bo‘lsangiz oxirida bitta kafforat to‘lash kifoya. 2). Siz ikkisini ham to‘ydirib qo‘yavering. 3). Kafforat to‘lashda Allohning amriga itoat qilganingiz uchun albatta savob bo‘ladi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar