Kufr so‘z

Assalomu alaykum! Kufr suz aytgan odamga takfir chikarishga kim xakli? Masalan birortasi «oxiratga ishonmayman»eki «vino ichish xalol » desa, men u odamga takfir chikarib, uni kofir xisoblashim kerakmi eki biror ilmli olim bu xolatni yaxshilab urganib xukm chikarmagunicha bunga xakkim yukmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda biror kishining og‘zidan kufr so‘z chiqsa yoki kufrga dalolat qiluvchi amalni qilsa, “bu so‘z yoki ish shariatimizda kufr sanaladi. Buni qiluvchilar kofir deyiladi” deyish mumkin. Agar o‘sha so‘z yoki ish kufr ekanligini ishonchli dalil orqali o‘rgangan bo‘lsa. Lekin yuqoridagi so‘z yoki ishni qilgan kishini “Sen kofirsan” deyish joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 147 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar