Nuqsonli taxorat

Assalamu alaykum! Bir inson qadr kechasini xolis Alloh uchun ibodatda o‘tkizsa so‘ng tonga yaqin tirnog‘ini bir chetiga ignani uchidek joyiga(lak buyog‘i qoldig‘i sabab) suv etmaganini bilib qolsa. U insonni tuni bilan o‘qigan namozlariyu ibodatlari qabul bo‘lmiydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xuftonning farzi va vitrni qayta o‘qib oladi. Bedor bo‘lib zikr qilgandan keyin Allohdan umid qilinadi. Tahorat mukammal bo‘lmagani uchun namoz qayta o‘qiladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 151 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar