Molu davlatning barakasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, boshida qiyinchilik ko‘rib keyin ishlar yurgandan keyin katta-katta pul topilganda barakasi bo‘lishi uchun ya’ni tez kelgan narsa tez ketmasligi uchun nima qilish lozim? Biron bir ehsonmi yoki bo‘lmasam shunga o‘xshash ishlar bormi? Iltimos yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bor. 1- uni Allohdan deb bilib, Alloh rozi bo‘ladigan joylarga sarflash. 2-uni harom narsalarga sarflamaslik va unga haromni aralashtirmaslik. 3- zakotini berish. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:17 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar