Pora berish

Assalomu alaykum! Texnika xavsizligiga javobgar xodim har oy texnik xavfsizlik daftariga barcha xodimlardan imzo olishi shart. Lekin, oyning yarmi kelsa ham, hammadam imzo olmagan. Korxonada norasmiy tarjimon bo‘lgani bois, boshliqlar uni biroz qadrlashadi va xatosga ko‘z yumishadi. Ya’ni, yaqinda bir yigit qo‘lini qisib oldi. O‘rtacha og‘ir jarohat. Barmoq terilari yirtilgan. Ishga militsiya va mehnat boshqarmasi xodimlari aralashgan. Boshliqlar texnika xavfsizligi xodimini himoya qilish va ishni to‘xtatish uchun mehnat boshqarmasi xodimiga pora berishdi. Endi tarjimon va texnika xavsizligi xodimi o‘z xatoimga javob beraman, ish sudgacha borsa ham deyapti. Bir tarafdan qo‘lini qisib olgan yigit va ularning oilasi hech qanday davoimiz yo‘q deyishyapti. Bu erda qonun - qoidaga amal qilinmagan. Endi texnik xavsizlik xodimi nima qilishni bilmay qoldi. Ishdan bo‘shamoqchi, lekin qiyomatda pora berilishiga sababchi bo‘lib qolgani uchun azobga uchrashdan qattiq qo‘rqmoqda. Sizlardan iltimos, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pora bergan gunohkor bo‘ladi. Xavfsizlik xodimi ikki ishni qilolmasa, bittsini topshirsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:51 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar