Dolzarb muammo! Yoshlarning Juma namozi!

Assalomu alaykum! Bizlarga berayotgan beminnat yordamingiz uchun sizlarga katta rahmat. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari boshlab bergan savobli va juda kerakli ishni davom ettirayotganingiz sababidan Ularga ham betinim ulush borib turishini bilish juda yoqimli! Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin va in shaa Alloh Jannatlarda Uning Visolini ko‘rish baxtiga muyassar qilsin! Omiyn! Savol:
1. Men hozir 1-kurs kollej o‘quvchisiman. Farz, vojib amallarni imkon qadar to‘liq va o‘z vaqtida ado etishga harakat qilaman. Ming afsuski, har juma kuni, bugun juma namozini o‘qiyman in shaa Alloh deb niyat qilamanu, lekin ipsiz bog‘langanman. Alloh buyurgan ishni qilmaslikka hech qanday bahona sabab bo‘lmasligini bilaman. Kollejda “Tarbiyaviy soat”, “Sinf soati” va “Ma’naviyat soati» nomi ostidagi fanlar aynan juma kuni va aynan eng oxirgi soatga qo‘yiladi. Maktabda ham deyarli shunday edi. Aynan juma kuni va aynan juma namozi vaqti yaqinlashgan sari kollejda davomat nazorati kuchayadi. Namozga ulgura olmasligimiz aniq bo‘lib qolganidagina bizni qo‘yib yuborishadi. Qavs ichidagi “Ma’naviyat soati”dan esa hech qanday (bizni ushlab turishdan boshqa) maqsad ko‘zlanmagan. Bu ham Allohning bir sinovi ekanligini bilaman. “Menga qanday maslahat berasiz?», demoqchi emasman. Faqat duo qilinglar, iltimos. Jamoatning duosi in shaa Alloh ijobat bo‘ladi. Bu savolni o‘qiganlar ham yoshlarning, xalqning va jamiyatning haqqiga (iloji bo‘lsa namozlarda) duo qilishsin, toki Haq yo‘lida bardavom bo‘lishimizdagi mushkullarimiz oson bo‘lsin. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!

26 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 124 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar