Taroveh namozi hususida

Alhamdulillah, mag‘firat dahasiga ham etib keldik, Alloh taolo shu kunlarni barchamizga muborak qilsin va Ramazondan gunohlarimiz mag‘firat etilgan holatda chiqishligimizni nasib etsin! Biz ayollar uyda namoz o‘qishimiz kerakligi uchun, uyda tarovehni o‘qishga harakat qilayapman. Lekin ilmsizligim uchun bir necha savollar qiynayapdi. Savollarim: 1.Taroveh namoziga xatmi Qur’on shart qilinganmi? 2.Qur’on o‘qishni endi o‘rgangan, lekin xatm qilolmaydiganlar namoz uchun yodlagan kichik suralar bilan tarovehni o‘qisalar joizmi? 3.Tarovehni xuftondan so‘ng bir oz mizg‘ib olib, keyin o‘qisa joizmi yoki faqat tahajjudda shunday qilinadimi? Shunday kunlarda ham savollarimizga toqat bilan javob berayotganingiz uchun Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Oldindan tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1.Taroveh namoziga xatmi Qur’on shart qilinmagan. 2. Qur’on o‘qishni endi o‘rgangan, lekin xatm qilolmaydiganlar namoz uchun yodlagan kichik suralar bilan tarovehni o‘qisalar joiz. Ko‘pchilik shunday qiladi. 3.Tarovehni xuftondan so‘ng bir oz mizg‘ib olib, keyin o‘qisa joiz.

26 May 2022, 19:37 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar